O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova bu lavozimni egallaganidan buyon o‘tgan bir yarim oy davomida ijtimoiy tarmoqlarning ta’sir kuchiga amin bo‘lganini tan oldi.
O‘tgan haftalar davomida bir necha marta muhokamalar markazida bo‘lgan Bositxonova bugun jurnalist va blogerlar bilan kechgan ochiq muloqotda shu haqda gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«Qo‘mitadagi faoliyatimni boshlaganimga bir oydan oshdi. Mana shu davr mobaynida mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularning muammolarini bilishga, dardiga davo topishda qandaydir harakatlar qilayotgan bo‘lsak, jarayon qanday ketyapti, natija nima bo‘lyapti, degan savollarga javob berishda sizlar bilan hamkorlik zarur ekanligini, bu borada ishtiroklaringiz katta va muhimligini ko‘rib, bilib, tushunib yetdim.
Ijtimoiy tarmoqlar kuchini ham oxirgi bir yarim oyda ko‘rdim. Bu kuchni, albatta, o‘zim boshqarayotgan tashkilot faoliyatida hamkorlikda qancha odamlarga yordam berish mumkinligini sezdim», – dedi Elmira Bositxonova.
Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga nisbatan bilimsiz, chalasavod, malakasiz, deya bildirilgan fikrlarni kuzatib, o‘qib borgan. Ammo u haqida yaxshi bilmay turib, salbiy munosabat bildirganlardan sira ranjimagan.
Eslatib o‘tamiz, qo‘mita raisi so‘nggi vaqtlarda «bozorchi» ayollar haqidagi so‘zlari, shuningdek, Toshkentda yashovchi ayollarning 23ta toifasi bo‘yicha kartotekalari shakllantirilishi ortidan tanqidlar nishoniga aylangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi