23:47 / 10.08.2019
9 721

9 avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

9 avgust kungi test natijalari e’lon qilindi
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n ikkinchi kuni (9 avgust) natijalari e’lon qilindi.

DTM xabariga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar quyidagicha bo‘ldi:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – 213,6 ball (164,6 ball test sinovlari natijasi, 49 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
- Toshkent davlat yuridik universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5120112 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:
O‘zbekiston milliy universitetining 5120300 – Tarix ta’lim yo‘nalishi – 180,3 ball;

s) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:
O‘zbekiston milliy universitetining 5120112 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 173,4 ball.
Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet, ya’ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent IDcini kiritgan holda ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Azizbek
Azizbek 10 августа 2021 13:35
Yolgon habar bermelar
Гость Dilshoda
Гость Dilshoda 17 августа 2021 10:38
Javoblarini bilmoqchiman
Yangiliklar » Jamiyat » 9 avgust kungi test natijalari e’lon qilindi