BMT insoniyatga goʻsht isteʼmolini kamaytirishga buning oʻrniga esa meva-sabzavot isteʼmol qilishni koʻpaytirishga chaqirmoqda. Bu iqlim oʻzgarishi jarayonlarining oldini olishga yordam beradi.
Bordi-yu, insoniyat kamroq goʻsht isteʼmol qilishni boshlasa, kimyoviy moddalar bilan yerga kamroq ishlov bersa hamda oʻrmonlarni himoya qilgan taqdirdagina, sayyoramizda havo haroratining global isishiga qarshi tura olishi va shu bilan birga yil sayin ortib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan taʼminlash muammosini hal etishi mumkin.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, ayni damda insoniyat chorvachilik bilan shugʻullanish uchun judda katta maydonlardan foydalanmoqda. Bu vaziyatda esa asosiy ustunlikni qishloq xoʻjaligiga qaratish oqilona fikr boʻlardi.
Zero bu orqali koʻproq insonlarning qornini toʻydirish mumkin. BMT ning taʼkidlashicha, oʻrmonlarni asrash insoniyat uchun yana bir ustivor vazifadir. Daraxtlarning kesilishi va yerlarning yaylovlarga aylantirilishi, shuningdek palma yogʻi ishlab chiqarish iqlim oʻzgarishi jarayonlariga katta taʼsir koʻrsatmoqda.
Mazkur jarayonlarda atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdori esa 15-20 % toʻgʻri kelyapti. BMT ekspertlarining fikricha, sayyoramizda iqlim oʻzgarishi jarayonlarni toʻxtatishga mamlakatlar, yirik kompaniyalar, shuningdek har bir inson oʻz hissasini qoʻshishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi