Buxoro shahrining Mehtar anbar ko‘chasida qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchilar jamoasi tarixiy topilmaga duch keldi, deb xabar bermoqda «Azon.uz».
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu yerdan qadimiy qo‘lyozma manbalarida 16-asrga oid deb ko‘rsatilgan «Kafshi olak» hammomining qoldiqlari, ashyoviy dalillari topildi.
«Topilmani o‘rganish va u haqda ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida Buxoro viloyat tarixchilar ilmiy jamiyatiga murojaat etib bildikki, xuddi shu hududda ‘Bozori kafsh’, ya’ni oyoq kiyimi bozori bo‘lgan. Qadimdan Eski shaharda mavjud o‘nlab bozorlar o‘z hammomiga ega bo‘lgani bilan ham ahamiyatli, – degan Buxoro shahridagi 14-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Madrahim Turdiyev.
Ta’kidlanishicha, 19-asr ikkinchi yarmida Buxoro shahrida gavjum savdo rastalari, karvonsaroylarga tutash 18 ta hammom faoliyat yuritgani haqida ma’lumotlar bor bo‘lib, «Kafshi olak» shunday joylardan biridir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi