Toshkentdagi manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum qochib ketgani rost bo‘lib chiqdi. Buni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.
H.Shamsutddinovga ko‘ra, IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli 51-sonli manzil koloniyada saqlangan mahkum O.A. Toshkent shahar Sirg‘ali tumanidagi «Uy joy qurilish» MChJ ish ob’ektida shartnoma asosida ishlab kelayotgan edi. U 27.07.2019 yil kuni o‘zboshimchalik bilan o‘talmay qolgan jazo muddatini o‘tashdan bo‘yin tovlab, ish ob’ektini tashlagan holda noma’lum tomonga ketib qolgan.
Hozirgi vaqtda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alohida ta’kidlash kerak: mahkum O. A. 2006 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v»,«i»,«g» bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni ta’magirlik niyatida qasddan o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"