3 365
O‘zbekistonda turistik startap yoki biznes-g‘oya uchun 100 million so‘mgacha grant beriladi
O‘zbekistonda turizm sohasida innovatsion biznes-g‘oya va startaplar taklif qilgan mualliflarga 100 million so‘mgacha (loyiha qiymatining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan holda) grant mablag‘ beriladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yangi Farmonida aytib o‘tilgan.
Mazkur grant mablag‘lar qiziqarli biznes-g‘oyalar mualliflariga va ularni amalga oshiruvchilarga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Sayohlik sohasini qo‘llab-quvvatlash byudjetdan tashqari Fondi mablag‘lari hisobidan yetkazib beriladi.
Mazkur hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bir oy mobaynida sayyohlik yo‘nalishidagi innovatsion g‘oyalar, biznes rejalar va startaplarni tasdiqlash vazifasi yuklatildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi