
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turizm sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida farmon imzolagani haqida xabar bergandik.
Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar:
- yetib borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda kemping va «safari» turizmi xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar foyda, yer va mol-mulk solig‘i hamda yagona soliq to‘lovi;
- yuridik shaxslar jahon standartlariga mos golf majmualarini barpo etish loyihasi doirasida foyda, yer va mol-mulk solig‘idan, jalb qilingan xorijiy mutaxassisga haq to‘lashda yagona ijtimoiy to‘lovdan, loyiha uchun tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘idan;
- zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etadigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat bo‘yicha foyda, yer va mol-mulk solig‘i hamda yagona soliq to‘lovidan;
- respublikaga olib kiriladigan dor (osma) yo‘llarini, «banji-jamping» va «ziplayn» attraksionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, «rafting» va «flaybording» uchun uskunalar, shuningdek, «buggy car», faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g‘ildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan («fudtrak») yer usti transport vositalari bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod etiladi.
Turizm SohaO‘zbekiston RespublikasiShavkat MirziyoyevSoliq ImtiyozlariYuridik ShaxslarKemping Xizmatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar