
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z rasmiy saytida hukumat xodimi va o‘zini tadbirkor deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv yuzasidan bayonot e’lon qildi.
Bayonotda “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlarda 2019 yil 16 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va o‘zini tadbirkor, deb atagan fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video e’lon qilingani va muhokamalarga sabab bo‘lgani qayd etilgan.
"Mazkur masala yuzasidan fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan xodim ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasi xodimi xizmat vazifasiga nomuvofiq, deb topildi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi", - deyiladi bayonotda.
O‘zbekiston RespublikasiVazirlar MahkamasiTadbirkor FuqaroIjtimoiy TarmoqTortishuv VideoXizmat Tekshiruvi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar