Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 21 avgustdan 30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo‘lgan muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Shundan so‘ng abituriyentga xabarnoma yuborilishi, bunda u xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
Shikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.
Abituriyentga javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida berilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent har bir noto‘g‘ri test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi.
Komissiya apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda abituriyent murojaat qilganda unga ushbu qarordan ko‘chirma beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi