
Telegramda «Kun.uz» xodimlariga tashlangan Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov ishtirokidagi yangi video tarqaldi.
Bloger @nurbekalimov’ning kanalida e’lon qilingan videoyozuv, ta’kidlanishicha, 2019 yilning 16 iyul kuni, Sergeli tumanidagi uylarni buzish vaqtida olingan.
«Ustalarga qarashyapti shekilli, deb o‘ylasam, yo‘q — uy egasini uyidan majbur ko‘tarib olib chiqib ketishga yordamlashayotgan ekan (qahramonimiz ko‘k-oq kepkada)», — deb yozadi Alimov.
Avvalroq hokim o‘rinbosari Vahobovning «Kun.uz» xodimlariga tashlanishi holati yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshirish olib borilayotgani, holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingani haqida xabar berilgan edi.
Olmazor TumaniAbdurasul VahobovYangi VideoTelegram KanalVideoyozuvSergeli Tumani O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar