17:02 / 19.08.2019
5 211

Shavkat Mirziyoyev yangi samolyotining ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto)

Shavkat Mirziyoyev yangi samolyotining ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto)
Foto: Facebook
Internetda O‘zbekiston Prezidenti uchun maxsus tayyorlangan Boeing 787-800 Dreamliner samolyotining ilk suratlari paydo bo‘ldi. Sputnik’ning xabar berishicha, bu haqda «Buyuk kelajak» eksperti Rahmat Sobirov Facebook’da ma’lum qildi.

«Boeing 787-800, Dreamliner VIP, Uzbek Air Force One, Registration No: UK001. MSN: 64435. Bayrog‘imizning ranglari juda yarashibdi! Xalqning xizmatini bajarishda Prezidentimizga ko‘makdosh bo‘lsin bu samolyot! Bu samolyot Xudo xohlasa ko‘p yillar xizmat qiladi. Endi bemalol transatlantik parvozlarni to‘xtamasdan amalga oshirsa bo‘ladi!», — deyilgan xabarda.

Foto: Facebook
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar O‘zbekiston Prezidenti xorijiy safarlarida Boeing 767-300 samolyotidan foydalanar edi. Ushbu samolyotning parvoz uzoqligi 6 000 dan 9000 kilometrgacha tashkil etadi. Boeing 787-800 esa 14 000 kilometrgacha to‘xtovsiz ucha oladi.

Foto: Facebook

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev yangi samolyotining ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto)