Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovning «Kun.uz» sayti jurnalistlariga qilgan tajovuzidan xabaringiz bor. Ayni holat shu kunlarda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotganidan ham voqifsiz.
«Xabar.uz» o‘z manbalari orqali tuman hokim o‘rinbosari faoliyatiga oid muhim nuqtalarni aniqladi.
Ixtiyorimizdagi hujjatlarni gapirtirsak, Olmazor tuman ma’muriy sudining shu yil 18 apreldagi qarori bilan A.Vahobov Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning (MJtK) 43-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, eng kam ish haqining bir barobari (202 730 so‘m) miqdorida jarima jazosiga tortilgan. Mazkur modda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish» deb nomlanib, unga ko‘ra mansabdor eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima jazosiga tortiladi.
Bu o‘rinda gap sudning tuman hokimi o‘rinbosariga tayinlagan jazo miqdorida ketayotgani yo‘q. Eng kam ish haqining bir barobari miqdorida jarima soldimi yoki uch barobari miqdoridami — ayni paytda ahamiyatsiz. Gap mansabdorning jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda qonun hujjatlarini buzgani va bu sud tomonidan tasdiqlanganida!
Biroq tayinlangan jazodan kelib chiqib, sud mansabdorga nisbatan mehribonlik qilibdi-ku, deyish ham mumkin. Va bunda mantiq ham yo‘q emas.
Nega desangiz, A.Vahobov javobgarlikka tortilganidan 73 kun (!) o‘tib, uni yana ma’muriy huquqbuzarlikka tortish to‘g‘risida ikkinchi (!) «delo» yana shu sudga kelib tushadi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari yana MJtK 43-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgani aks etadi.
Olmazor tuman ma’muriy sudi ikkinchi martasiga huquqbuzarning «belini chiqarib» yuborguday jarimaga mustahiq etgandir, desangiz adashasiz. Sud uni qayd etilgan moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganini e’tirof etsa-da, jazo tayinlashda, darhaqiqat, mehribonlik qilgan ko‘rinadi: ogohlantirish bilan ishni tugatadi!
Shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazoning o‘ziga xos tartibi mavjud: yengilidan boshlab og‘irlik sari ketaveradi. Eng yengili — ogohlantirish. Muhtaram A. Vahobovga kelganda aksi bo‘lganga o‘xshaydi: avvaliga jarima, keyin ogohlantirish!
Bunaqasi kam uchraydi. Nima dedingiz? “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi