Foto: “TASS”
Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra “Gaziosmanpaşa Eğitim ve Araştırma Hastenesi” tibbiyot muassasasida uzoq vaqt qandli diabetdan aziyat chekkan Oʻzbekiston fuqarosi Sh.T. 21-avgust kuni vafot etdi, deb xabar berdi Daryo sayti.
18-avgust kuni Chanakkale viloyatidagi davlat kasalxonasida avgust oyi boshida yoʻl-transport hodisasi natijasida mazkur muassasaga joylashtirgan Oʻzbekiston fuqarosi U.M. vafot etdi.
«Bosh konsulxona ushbu vaziyatlarni nazoratga olgan va hamyurtlarimizning jasadlarini dafn etish uchun vatanga joʻnatish borasida marhumlarning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam koʻrsatmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...