Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yilda maktab o‘qituvchilarining oyligini oshirishni topshirgan. Davlat rahbari 23 avgust kuni o‘tgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi, Moliya va Xalq ta’limi vazirliklariga shu vazifani yuklagan.
Shuningdek, uzoq qishloqlardagi maktablarga o‘qituvchilarni jalb etishni yanada rag‘batlantirish uchun ularga uy-joylar, mashinalar uchun kreditlar ham beriladi. Lekin hozirgacha avtokredit bo‘yicha bir qarorga kelingani yo‘q.
“Maktab bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktab o‘qituvchisini moddiy rag‘batlantirmasak, uning hayot sifati darajasini oshirmasak, islohot, natija haqida gapira olmaymiz”, degan prezident.
Davlat rahbari o‘qituvchi va murabbiylarning o‘zi ham bilim va saviyasini oshirishi, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi, halol mehnati va tashabbuskorligi bilan bu kasbning obro‘sini oshirishi kerakligiga ham urg‘u bergan.
“Hurmatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini, soha faxriylarini el-yurtimizning tayanchi va suyanchi, deb bilamiz, – degan Prezidentimiz. – Maktablar tizimini rivojlantirish uchun bundan buyon ham mablag‘ni, imkoniyatni aslo ayamaymiz. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq”.
Xalq ta’limi xodimlarining oyligi 2018 yil sentyabrda va 2019 yil yanvarda oshirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi