20:45 / 25.08.2019
2 496

Samarqand hamda Nara shahri hokimlari qanday kelishuvga erishmoqchi?

Samarqand hamda Nara shahri hokimlari qanday kelishuvga erishmoqchi?
Foto: Google Images
Yaponiyaning Nara shahri meri (hokimi) Motonobu Nakagava boshchiligidagi delegatsiya 26—27 avgust kunlari Samarqand shahriga kelishi kutilmoqda. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Zarnews.

Ma’lum qilinishicha, mehmonlarning ikki kunlik tashrifi davomida tarixiy meroslarni o‘rganish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha shaharlar o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Shuningdek, turizm, madaniyat sohasi hamda oliy ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari faoliyati bo‘yicha ham memorandum (ikki tilda) imzolash ko‘zda tutilgan.

Delegatsiya a’zolari ishtirokida Samarqand shahridagi ta’lim muassasalarida tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ular "Sharq taronalari" XII xalqaro musiqa festivalida ham qatnashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand hamda Nara shahri hokimlari qanday kelishuvga erishmoqchi?