Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar doirasida joriy yilning iyun-iyul oylarida ayrim banklarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida ular tomonidan bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlari buzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda Markaziy bank axborotida aytilgan.
«Ipoteka-bank» ATIB va «Xalq banki» ATBlarning tariflarida qonun hujjatlari bilan mijozlardan undirilishi taqiqlangan komissiya to‘lovlari mavjud bo‘lsa, «Davr-bank» XATB o‘z faoliyatida mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaslik holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, «Davr-bank» tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan bank xizmat turlarining tarkibiga asosiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha xizmatlar kiritilgan hamda bankning veb-sayti va axborot stendlarida haqqoniy bo‘lmagan ma'lumotlar joylashtirilgan.
Shu munosabat bilan, ushbu banklar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berish bilan bir qatorda, ularga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
«Asaka bank» ATB tomonidan o‘z mijoziga nisbatan shartnomaga muvofiq komissiya to‘lovlarini hisoblash tartibi qayta ko‘rib chiqilib, noto‘g‘ri hisoblangan 84 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘ning mijozga qaytarilishi ta'minlandi.
Markaziy bank bundan buyon ham bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish borasida qonun hujjatlari talablarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan qonuniy ta'sir choralarini qo‘llab boradi, deyiladi axborotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi