Foto: «agriculture.by»
«Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizom»ni tasdiqlash haqidagi qaror (ro‘yxat raqami 3177, 26.08.2019 y.) Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Mazkur Nizomga asosan, identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvonlarning egalaridan undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari belgilandi.
Identifikatsiya qilish shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:
- har bir qoramol, ot, eshak va tuyalar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi – 4 460 so‘m;
- har bir qo‘y, echki va cho‘chqalar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 foizi – 3 345 so‘m;
- har bir it va mushuklar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi – 2 230 so‘m.
Identifikatsiya uchun to‘lov tuman (shahar) veterinariya bo‘limlari hisobvarag‘iga, naqd pul va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Veterinariya pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati bepul beriladi.
Eslatib o‘tamiz, hayvonlarni identifikatsiya qilish – bu birkalash, tamg‘alash, jetonlash va chip o‘rnatish orqali hayvonlarni aniqlash imkonini beradigan individual raqam berish va ularga veterinariya pasportini rasmiylashtirishdir.
Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi