1 969
Shavkat Mirziyoyev: "Jasliqdagi koloniyaning yopilgani insonparvar siyosatning yana bir ifodasi bo‘ldi"
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jasliqdagi koloniyaning yopilishini tarixiy qadam deb atadi. Davlat rahbari bu haqda O‘zbekiston Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha mustaqil siyosatini qat’iy davom ettirmoqda va bu siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda.
Mamlakatimizda mahbuslarni afv etish instituti joriy etildi. Keyingi uch yilda yetti marta afv e’lon qilindi. Natijada qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 4 mingga yaqin mahbus jazoni o‘tash joylaridan ozod etildi.
Kuni kecha afv etish haqidagi yana bir farmonga imzo chekdim. Unga ko‘ra jazo muddatini o‘tayotgan 65 nafar fuqaro afv etildi.
Tasavvur qiling, o‘z uyiga, yaqinlari bag‘riga qaytayotgan bu insonlarning, ularning ota-onasi, farzandlarining quvonchi, xursandchiligini «oynai jahon» orqali ko‘rgan odam, bu haqiqatan ham ezgu va savobli ish ekaniga yana bir bor ishonch hosil qiladi.
Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onidagi jazoni ijro etish koloniyasi yopilgani insonparvar siyosatning yana bir ifodasi bo‘ldi.
Bu tarixiy qadam mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish vaqtinchalik kampaniya emas, balki davlat siyosati darajasidagi uzluksiz jarayon ekanini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquq va manfaatlarini, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, himoya qilishga qodir mamlakat sifatida o‘zini namoyon etmoqda.
Chet ellarda ishlayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalar mustahkamlanib, ularning huquq va manfaatlari ta’minlanmoqda. O‘zbekistonga qaytib, ish yoki o‘qish faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Bu yil 156 nafar vatandoshimiz — asosan ayollar va bolalar jangovar harakatlar davom etayotgan Suriyadan qaytarib olib kelindi va ularning fuqarolik huquqlari tiklandi.
Albatta, kechirimli, mehr-oqibatli bo‘lish xalqqa ham, Xudoga ham manzur bo‘ladi. Mana shunday ezgu fazilatlar bizning bag‘rikeng xalqimizni yanada ulug‘laydi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari