07:04 / 02.09.2019
3 036

78 yoshli Mamatqul Berdialiyev institutga o‘qishga kira olmadi

78 yoshli Mamatqul Berdialiyev institutga o‘qishga kira olmadi
Foto : UzA
O‘zbekistonda joriy yilda oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishga imtihon topshirgan eng yoshi ulug‘ abituriyentlardan biri Mamatqul Berdialiyev Toshkent agrar universitetining Termiz filialiga o‘qishga kira olmadi.

78 yoshli qariya test imtihonlarida 42,1 ball to‘plagan. Oliy ta’lim muassasasi vakili Hamid Norqobilovning ta’kidlashicha, Mamatqul-bobo imtihonlarda faol ishtirok etgan.

“Afsuski, boboga biroz ball yetmadi. Biroq bobo keyingi yil yana hujjat topshirishini va fanlarni puxta o‘rganishini aytdi. Keksa abituriyent 42,1 ball to‘pladi. Bunday yoshda shunday natijaga erishish – katta mahoratdir”, deb aytgan Norqobilov.

Qariya o‘qishga kirish vaqtida “Mevachilik va uzumchilik”ni asosiy yo‘nalish sifatida tanlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 78 yoshli Mamatqul Berdialiyev institutga o‘qishga kira olmadi