Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni vafot etgan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra har yili bu sana Xotira kuni sifatida yod etilmoqda.
Birinchi Prezidentning qat’iyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan, taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Islom Karimovni qancha e’zozlasak, xalqimizga, yoshlarimizga ma’naviyat yetkazgan bo‘lamiz, deya ta’kilagandi Shavkat Mirziyoyev.
Qur’on tilovat qilindi. Birinchi Prezidentning hayoti va faoliyati, orzu-istaklari, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashdagi xizmatlari yodga olindi.
Gul qo‘yish marosimida parlament va hukumat a’zolari, fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi