Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati spikeri etib qayta saylandi, deb xabar beradi Daryo.uz.
Senatorlar yashirin ovoz berish jarayonini o‘tkazgan hamda aksariyat ovoz bilan prezident Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan taklif etilgan nomzod Darig‘a Nazarboyani qo‘llab-quvvatlagan.
Senatning saylangan spikeri deputatlarga ishonch uchun minnatdorchilik bildirgan. Darig‘a Nazarboyeva palata spikeri lavozimini parlamentning avvalgi sessiyasida ham egallagan edi.
Yangi ovoz berish jarayoni Nazarboyeva 12 avgust kuni Senat deputati etib tayinlanishi munosabati bilan o‘tkazildi.
Darig‘a Nazarboyeva 1963 yilning 7 may kuni tug‘ilgan. U Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Kirov nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagan.
Mutaxassisligi bo‘yicha tarixchi, tarix va jamiyatshunoslik fani o‘qituvchisi.
Bunga qadar Majlis raisi o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Yaqinda parlament Senati deputati etib saylangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?