14:42 / 04.09.2019
4 907

Prezident topshirig‘i kuchga kirdi. Hokimlar maktabda dars o‘tishdi (foto)

Prezident topshirig‘i kuchga kirdi. Hokimlar maktabda dars o‘tishdi (foto)
Foto: «qashqadaryo.uz»
Shu yilning 23 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda boshqa rahbarlar maktablarga borib, dars berish tartibini joriy etish topshirilgandi.

So‘nggi vaqtlarda tanqidlar ostida qolgan ikki viloyat hokimi ushbu tashabbusni boshlab berishgani haqida xabarlar tarqaldi.

Foto: «O‘zA»

Foto: «O‘zA»
Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona shahridagi 10-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklagan hamda mustaqillik darsini o‘tgan.

Foto: «qashqadaryo.uz»
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ham Koson tumanidagi 62-maktabda o‘tkazilgan tadbirda qatnashib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi va maktab ta’limining inson hayoti davomidagi o‘rni haqida ham o‘z kechinmalarini so‘zlab bergan.

Foto: «qashqadaryo.uz»
Viloyat hokimi o‘quvchilarga mustaqillik darsi ham o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident topshirig‘i kuchga kirdi. Hokimlar maktabda dars o‘tishdi (foto)