17:54 / 04.09.2019
2 188

Fuqarolar va OAVga qator sohalarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqi berildi

Fuqarolar va OAVga qator sohalarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqi berildi
Bir qator qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Tuzatishlarga muvofiq O‘zbekiston fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, NNT va OAVlarga quyidagi sohalarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqi berildi:

• davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
• oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash;
• o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish;
• o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish;
• radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash;
• psixiatriya muassasalari, shuningdek psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi shaxslar faoliyati ustidan.

Tuzatishlarning bir qismi byudjet jarayonining ochiq-oshkoraligiga taalluqlidir. Xususan, mahalliy byudjetlarning parametrlarini hamda ular ijrosi haqidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash jarayonlari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini ta’minlash vazifasi Moliya vazirligiga yuklangan. Prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet mo‘ljallari yuzasidan Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda e’lon qilinadi.

Vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanilishi, o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi lozim.

Qonun 1.09.2019 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolar va OAVga qator sohalarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqi berildi