Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona xodimlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshkarmasi Boldir temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakat hududidan yo‘lovchi poyezdida yo‘lovchi sifatida kirib kelgan fuqaro K.G. bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, mazkur fuqaroning qo‘l yuklari orasidan og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1 dona “Discovery” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Joriy yil 2 may kuni qabul qilingan O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanib, 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi