5 257
Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlarining yana bir sohadagi vakolatlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda qabul qilingan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-371-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi:
9-moddaning (Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi) birinchi qismi (Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi):
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari»;
quyidagi mazmundagi 12-1-modda bilan to‘ldirildi:
«12-1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari:
- huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
- qo‘riqlanuvchi shaxslarning manfaatlari, xavfsizligi va daxlsizligiga qarshi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning hisobini yuritadi;
- huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas