Qarzdorga aliment undiruvi yuzasidan sud qarori chiqarildi. Sud qarori pochta orqali ijroga yetib kelgunicha qarzdor ota indamasdan Rossiya davlatiga ketib qolgan. Ijro harakatlari olib borilib otaga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi. Ot aylanib qozig‘ini topgani kabi ota g‘am bir kuni boshini egib ijrochining oldiga kelishga majbur bo‘ladi. Chunki sud qarori ijrosini ta’minlovchi ijrochilardan qochib bo‘ladimi. Qochoq otani 2129 kun deganda "osmonga chiqsa oyog‘idan, yerga kirsa qulog‘idan" tortib byuroga olib kelishdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor J. Qarayevdan undiruvchi N. Xudoyberdiyeva foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar 1/4 qism miqdorda aliment undirish belgilangandi. Demak, qarzdorning sud qarori chiqqan kundan eski to‘lamagan oylari uchun aliment qarzi bugungi kundagi summa bo‘yicha hisoblab chiqildi. Unga qo‘ra qarzdorning 70 oy to‘lanmagan aliment puli summasi 27.441.400 so‘mni tashkil etdi. MIBning Yangiyer shahar bo‘limi davlat ijrochilari olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor mavjud aliment pullarini to‘liq to‘lab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi