16:32 / 07.09.2019
3 733

Savob ishni har kim har kuni qilishi lozim

Savob ishni har kim har kuni qilishi lozim
Yurtimiz tinchligi, halqimiz osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va xodimlarining ko‘nglida har doim bir istak mujassam, u ham bo‘lsa mana shu ozod va obod Vatandagi har bir fuqaroning kunlari xotirjam, tunlari esa osuda o‘tishini ta’minlashdan iborat.
Insoniylik fazilatlarining eng ezgusi ham odamlarga yaxshilik ulashishdir. Ajdodlarimiz aytganidek, savob ishni har kim har kuni qilishi kerak.

Ana shunday xayrli ishlarga undovchi shiorlar ostida o‘z taqdirini el-yurt taqdiri bilan uyg‘un ko‘rgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining muruvvat va mehribonlik uylariga tashrif buyurishi, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolaridan, imkoniyati cheklangan va keksalar holidan xabar olishlari hamda muxtojlarga yordam ko‘rsatish kabi ezgu amallarni bajarish tizimda xizmat qilayotgan har bir yigitning kasb burchiga aylangan.

Respublikamizning barcha hududlarida “Ezgulik albatta qaytadi!” shiori ostida o‘tkazilgan qon topshirish hayriya aksiyasida ham Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalari harbiy xizmatchilari hamda xodimlari faol ishtirok etib, ko‘ngilli ravishda qon topshirish uchun maxsus markazlarga tashrif buyurdilar va ko‘plab bemorlar uchun zarur bo‘lgan hayot tomchilarining yig‘ilishiga sidqidildan hissa qo‘shdilar.

Bu kabi yaxshilikka chorlovchi tadbirlar insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehrni mustahkamlab, yoshlarni ana shunday ruhiyatda tarbiyalanishiga o‘rnak, kelajak avlodga esa namuna bo‘ladi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari yuzlab yoshlar qatorida barcha tengdoshlarini ezgu vazifalar yo‘lida faollikka chorlab qoladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Savob ishni har kim har kuni qilishi lozim