07:40 / 08.09.2019
2 717

Senator: «Odamlar valyuta muomalasida nima noqonuniyligini bilmaydi. Bundan nazorat organlari foydalanib qolmoqda»

Senator: «Odamlar valyuta muomalasida nima noqonuniyligini bilmaydi. Bundan nazorat organlari foydalanib qolmoqda»
7 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan senator, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmurotovning ta’kidlashicha, odamlar valyuta muomalasida nima qonuniy yoki noqonuniyligini bilmaydi bundan nazorat organlari o‘z manfaati uchun foydalanib qolmoqda.

“Odamlar chet el valyutasi bilan turli operatsiyalarni amalga oshirayotganida qilayotgan ishining qonuniy yoki noqonuniyligini bilmaydi. Bu borada moliyaviy savodsizlik bor. Buning natijasida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan turli ta’magarchiliklarning amalga oshirilishi kuzatilmoqda. Siz qilgan mana bu ish noqonuniy deb tursa ham odamlar farqiga bormaydi. Shuning uchun bank tizimi, sud, prokuratura bu bo‘yicha batafsil axborotni aholiga tushunarli tarzda yetkazib berish bilan shug‘ullanishi kerak. Valyuta operatsiyalaridagi qonuniy va noqonuniy harakatlarni aniq punktlar bo‘yicha belgilab chiqish kerak”, ─ deydi Matmurotov.

“Valyuta operatsiyalaridagi noqonuniylikni aniqlash qonunda boshqacha, amalda boshqacha bo‘lib qolmoqda. Buning aniq xarakteristikasini, ro‘yxatini ishlab chiqish, barcha nazorat organlariga yetkazish kerak. Ular qonunda belgilangan qat’iy ro‘yxat bilan ish ko‘rishi, o‘zining ichki hujjatlarini ham shunga moslashtirishi lozim”, ─ deydi Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Muhammad Jumageldiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senator: «Odamlar valyuta muomalasida nima noqonuniyligini bilmaydi. Bundan nazorat organlari foydalanib qolmoqda»