14:40 / 09.09.2019
3 333

Xorazmlik fuqaro Uchtepa tumanida «Tramadol» va «Tropikamid» bilan qo‘lga tushdi

Xorazmlik fuqaro Uchtepa tumanida «Tramadol» va «Tropikamid» bilan qo‘lga tushdi
Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi
4 sentyabr kuni «Qoradori—2019» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida bir nechta tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Xorazm viloyatining Urganch shahrida ro‘yxatda turgan, 1972 yilda tug‘ilgan A.Z. ismli fuqaro Uchtepa tumanining «Algoritm» dahasida to‘xtatib tekshirilganda, yonidan tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan 2000 dona «Tramadol» va 3 ta flakonda «Tropikamid» dori vositalari topilgan va ashyoviy dalil sifatida olingan.

«Hozirda olingan ushbu dori vositalari manbasini aniqlashga qaratilgan tezkor ishlar davom ettirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Iyun oyida Toshkentni «dorixona narkomaniyasi» zabt etgani, kattalar, yoshlar va hatto maktab o‘quvchilari ham pregabalin, zaleplon va tropikamidni ommaviy ravishda iste’mol qilinayotgani haqida «Toshkent — kayfda!» maqolasi e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmlik fuqaro Uchtepa tumanida «Tramadol» va «Tropikamid» bilan qo‘lga tushdi