2 912
Kelin-kuyovlarning to‘yxonaga kelishi va ketishida 3 tadan ko‘p avtomashinalar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kelin-kuyovlarning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq tadbirlarda 3 tadan ko‘p bo‘lmagan yengil avtomashinalar yoki jamoat tartibiga xavf soluvchi boshqa avtomashinalar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu yangilik bugun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida qabul qilingan «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishni tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror va u bilan tasdiqlangan nizomda o‘z aksini topgan.
Shuningdek, oilaviy tadbirlarda (dafn etish marosimidan tashqari) pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega bo‘lmagan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda to‘y egalarining shaxsiy avtomashinalari hamda homiylar tomonidan jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar istisno qilinadi.
Qo‘shma majlisda ushbu hujjatning 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirishi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)