Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 14 sentyabr kuni soat 08:57 da Toshkent shahar Uchtepa tumani Katta Xirmontepa ko‘chasi 3D-uyda joylashgan «DOUTSCHE SERVIS» MChJga tegishli korxonaning hududida joylashgan tikuvchilik sexida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 8 ta asosiy va 1 ta maxsus yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 09:03 da yetib borgan vaqtda ishlab chiqarish sexi ochiq alanga aralash quyuq tutun bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 09:25 da qurshab olinib, soat 09:33 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida «DOUTSCHE SERVIS» MChJ hududida ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan «Shams Osiyo Original» XKga qarashli tikuv sexining 400 kv.metr maydonda tomi, ichki qismidagi ishlab chiqarish uskunalari va unda saqlanayotgan tayyor hamda yarim tayyor trikotaj mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘in haqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida, yong‘inning maydoni kengayib ketishiga sabab bo‘lgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘indan ma’lum miqdorda tikuv uskunalari, tayyor va yarim tayyor trikotaj mahsulotlari saqlab qolingan. Yong‘in sababi ishlab chiqarish sexining shiftidan o‘tkazilgan elektr tizimida yuzaga kelgan avariya holatidan, deb gumon qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi