Xiva shahri 2020 yilda turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi kutilmoqda.
Shahar ushbu nomga da’vogarlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Jahongir Xidayxodjayev ma’lum qildi.
Turk dunyosi madaniy poytaxti sifatida har yili turkiyzabon davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. 2018 yilda Turkiyaning Kastamonu shahri, 2019 yilda esa Qirg‘izistonning O‘sh shahri turk dunyosi madaniy poytaxti deb e’lon qilingan edi.
Bu maqom Turksoy xalqaro madaniyat tashkiloti tomonidan beriladi. U Ozarboyjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Turkmaniston ishtirokida 1993 yil 12 iyulda tashkil topgan. Uning bosh qarorgohi Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan. Hozirgi vaqtda tashkilotga 13 mamlakat a’zo. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi