Foto: Zarnews
Samarqandda transport vaziri Ochilboy Ramatovga qurilishi rejalashtirilayotgan osma yo‘l loyihasi taqdim etildi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Fotosuratda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, osma yo‘l uzunligi 5,5 kilometrdan ziyodroqni tashkil etib, u biri Samarqand markazida joylashgan uchta stansiyani o‘z ichiga oladi.
Osma yo‘lda ikki stansiya qurilishi rejalashtirilgan, ular orasidagi 90 ta kabina soatiga 22 kilometr tezlikda harakatlanadi. Yo‘lovchi tashish har ikki yo‘nalishda ham soatiga 4 ming kishini tashkil etadi. Sayohat narxi taxminan 3000 so‘m bo‘lishi aytilmoqda.
Foto: Zarnews
Osma yo‘l butun shahar bo‘ylab o‘tadi va yo‘lovchilar havodan turib qadimiy Afrosiyob shaharchasi hamda asosiy tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Loyiha osma yo‘llar qurilishi sohasida dunyodagi eng yetakchi hisoblangan Italiyaning Leitner Ropeways kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi