Poytaxtda huquqni muhofaza qilish organlari kiberfiribgarlar guruhini qo‘lga oldi.
«O‘zbekiston 24» telekanalining muxbirlariga ko‘ra, 17-19 yoshda bo‘lgan shaxslar bank kartalaridan pullarni o‘g‘irlashgan.
«Ular bankomatlar va kompyuter klublariga borib, u yerdan 1-1,5 million so‘m pul olishgan. Uning akasi bor edi va u pullarni o‘sha akasiga berardi», - dedi guvohlardan biri.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘qonlik yosh yigit Rossiyadan olib kelingan turli xil sim-kartalar va Webmoney ilovasi orqali millionlab so‘m pullarni o‘g‘irlagan. Bunda unga qo‘shnilari yordam berishgan. Ko‘pincha bolalarni davolash uchun pul yig‘gan odamlarning plastik kartalaridan pul o‘marilgan.
Yaqinda kiberjinoyatchilar Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushlandi.
«Men bir paytlari Paynet tizimi bilan ishlaganman. Bir kuni qo‘shnim kelib, Telegram’da odamlar xayriya uchun pul yig‘adigan ko‘plab kanallar borligini aytdi. U firibgarlar shu tarzda pul yig‘ishini ta’kidladi. Men unga ishondim», - dedi qo‘lga olingan shaxs.
Xususan, kiberjinoyatchilar Chilonzor tumanida yashovchi fuqaroning 24 million so‘m pulini o‘g‘irlashgan.
«Menga 65 ming so‘m o‘tkazib berishdi va ko‘proq pul o‘tkazishni rejalashtirishgani uchun go‘shakni qo‘ymasligimni so‘rashdi. Keyin men xabarnoma oldim va ular mendan maxsus kodni so‘rashdi. Men ularga barcha raqamlarni berdim. Ikki daqiqadan so‘ng barcha pullar bank kartamdan yo‘qoldi», - dedi jabrlanuvchilardan biri.
Qo‘lga olinganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda, jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi