11:56 / 20.09.2019
4 587

“O‘zimdan boshqa hech kim sezmaydi” qabilida ish tutayotgan aroq sotuvchilar adashmoqda

“O‘zimdan boshqa hech kim sezmaydi” qabilida ish tutayotgan aroq sotuvchilar adashmoqda
Buxoro viloyati hududida davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga barham berishga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kuni-kecha Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan hududda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda Buxoro shahar Pridastgir ko‘chasi yo‘li yoqqasida joylashgan fuqaro D.J ga tegishli bo‘lgan “VITAL INVEST BUXARA” xususiy korxonasiga qarashli savdo shaxobchasida alkogol mahsulotlarini sotish uchun ruxsat beruvchi maxsus guvohnomasiz noqonuniy tarzda 53 turdagi jami qiymati 15175000 so‘mlik alkogol mahsulotlarini sotish holatlari kuzatildi.

Tadbir jarayonida savdo shaxobchasi egasiga bu kabi holat qonun talablariga zid ekanligi tushuntirilib, dalolatnoma rasmiylashtirilb 53 turdagi mahsulotlar vaqtinchalik saqlash uchun olib qo‘yildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning sentyabr oyining shu kuniga qadar 6 ta alkogol mahsulotlari bilan savdo qilayotgan noqonuniy holatlar aniqlanib, 200 turdagi jami bahosi 17 000 000 ortiq alkogol mahsulotlari savdodan olib qo‘yildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

A.Ochilov
DSB matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zimdan boshqa hech kim sezmaydi” qabilida ish tutayotgan aroq sotuvchilar adashmoqda