3 976
«Grin kard» bo‘yicha qo‘shimcha: bu yildan yashil pasport o‘tmaydi, qizil pasport kerak
Ha, bu yildan grin-karta uchun qizil pasport (xorijga chiqish pasporti) raqamlarini kiritish kerak bo‘ladi. Yashil emas, qizil, — deb qo‘shimcha qildi bloger Farhod Fayzullayev.
Bu yangilik, ayniqsa, O‘zbekistondan tashqarida yashil (yoki muddati tugagan) pasport bilan yurganlarga qattiq ta’sir qiladi — ular bu yili grin-karta o‘ynay olmaydilar. Bundan tashqari, AQShda noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar ham endi grin-karta orqali o‘z holatlarini legallashtirishlari muammoga aylanadi.
«Ishqilib, Trampga «rahmat» deymiz-da endi. Bu yil O‘zbekistondan o‘ynovchilar soni keskin kamaysa kerak. Ammo qizil pasport olib, o‘ynaganlarning imkoniyati ortadi», deb yozadi u.
Shuningdek, yangi qoidalarga ko‘ra anketaga faqat to‘ldiruvchining pasport raqami kiritiladi. Ya’ni, siz asosiy da’vogar bo‘lsangiz, sizning pasportingiz raqami kiritiladi; turmush o‘rtog‘ingiz yoki farzandlaringizniki kerak bo‘lmaydi. Ammo agar turmush o‘rtog‘ingiz ham alohida o‘ynamoqchi bo‘lsa, u holda ikkinchi anketaga uning pasport raqami kiritiladi.
Avvalroq «Grin kard» sanasi e’lon qilinib, yangi talablar kiritilgani haqida xabar bergandik. 2021 yil uchun «Grin kard» lotereya dasturi 2019 yil 2 oktyabr kuni boshlanib, 5 noyabr kuni tugaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi