Foto: Xabar.uz
Qonunchilikka muvofiq ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi. Bu haqda adliya vazirligi kanalida ma’lumot berildi.
Yo‘lda velosiped, aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, mopedni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.
Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
- yo‘llarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;
- podani temir yo‘ldan va yo‘lda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruxsat etilgan joylarda esa qorong‘i vaqtda va yetarli ko‘rinmaslik sharoitida haydab o‘tish;
- boshqa yo‘llar bo‘lganda hayvonlarni mukammal qoplamali yo‘llarda haydab borish;
- ko‘kalamzorlashtirilgan joylarda (yo‘l, yo‘l yoqasi, ajratuvchi bo‘lak va h.k.) hayvonlarni boqish va bog‘lab qo‘yish. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat