
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona organlari tomonidan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib chiqishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Do‘stlik chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro S.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilarning e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxsning yonida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 10 660 AQSh dollari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bojxona OrganiNaqd ValyutaAndijon ViloyatiXorijiy Olib ChiqishDo‘stlik ChegaraSurishtiruv Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar