2 561
Soliq idoralarining soliq to‘lovchining bankdagi hisobini «muzlatib qo‘yish» vakolati bekor qilinadi
Bugun, 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishning amaldagi tartibi bekor qilinadi.
Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda xorijning ilg‘or tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasida davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish vakolatini qayta ko‘rib chiqishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasi (Davlat soliq xizmati organlarining huquqlari), 8-bandida soliq idoralari yuridik hamda jismoniy shaxslar hujjatlar asosida (hisob-kitobli) tekshiruv o‘tkazilishini yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari daromad (foyda) olish uchun foydalaniladigan yoki soliqqa tortish ob’ektini saqlab turish bilan bog‘liq binolar va joylarga kirishini rad etsa, soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya va Respublika yo‘l jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq moliyaviy hisobotlar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni soliq xizmati organlariga va ularning mansabdor shaxslariga taqdim etmasa (yoki taqdim etishni rad qilsa), bunday yuridik shaxslarning, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish vakolatiga egaligi ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, 2020 yildan byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi (kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini 25 foizdan 12 foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi