16:12 / 28.09.2019
3 969

Eski namunadagi (nobiometrik) pasportning O‘zbekiston hududida amal qilish muddatiga 95 kun qoldi

Eski namunadagi (nobiometrik) pasportning O‘zbekiston hududida amal qilish muddatiga 95 kun qoldi
Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi O‘zbekiston fuqarolarini eski namunadagi (nobiometrik) pasportlarning amal qilish muddatiga 95 kun qolgani haqida ogohlantirdi.

Ushbu muddatga qadar eski namunadagi pasportni biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2011 yildan fuqarolarga biometrik pasport berilishi boshlangan. Fuqarolarning amaldagi nobiometrik pasportlari 2020 yil 31 dekabrgacha haqiqiy hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning barcha viloyat, shahar, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari (bo‘limlari)da biometrik pasport hamda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun hujjat topshirish va tayyor bo‘lgan pasportlarni olish bo‘yicha fuqarolarni dam olish kunlari soat 8:00 dan 20:00 gacha qabul qilish joriy etilgan.

Shanba—yakshanba kunlari Toshkent shahrida barcha Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga ham pasport va viza rejimi bo‘yicha istalgan masalada uchrash mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eski namunadagi (nobiometrik) pasportning O‘zbekiston hududida amal qilish muddatiga 95 kun qoldi