Foto: IIV axborot xizmati
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 22 sentyabr kuni soat 00:30larda 5 nafar noma’lum shaxs davlat raqami belgisi bo‘lmagan “VAZ-21011” rusumli avtomashinada shu tumandagi fermer xo‘jaligiga kelib, fermer xo‘jaligi ishchisi B.X.ning hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, 5 bosh qo‘yni avtomashinaga ortib olib ketgan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan D.Sh., 2001 yilda tug‘ilgan B.A., 2000 yilda tug‘ilgan S.X., 2001 yilda tug‘ilgan A.O. va 1997 yilda tug‘ilgan U.X.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar. 4 bosh qo‘y esa jabrlanuvchiga qaytarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotida aytilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi