Foto: Telegram/«Exo Uzbekistana»
Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi erkak u bilan ajrashish niyatida bo‘lgan xotinini uyida zanjirband qilgan holda saqladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
26 sentyabr kuni fuqaro M.A. Zangiota tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, kuyovi A.T.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Fuqaro murojaatida A.T. 2019 yilning 23—26 sentyabr kunlari o‘zining xonadonida, turmush o‘rtog‘i D.T.ning noqonuniy tarzda oyog‘ini zanjir bilan bog‘lab qo‘yib, ushlab turganligi ma’lum qilingan.
Ushbu murojaat Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor o‘rganilib, A.T. xonadoniga borildi. O‘rganish davomida D.T. olgan tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertiza ko‘rigi o‘tkazildi. Zangiota tuman sud tibbiy ekspertizasining 30 sentyabr kunidagi tegishli ma’lumotnomasida D.T.ning jarohatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga sabab bo‘lgan, yengil tan jarohatlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi