6 oktyabrda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz quvuri shikastlanishiga olib kelgan avtofalokat yuz berdi. Tumanning Qorasuv dahasida “VAZ-2106” mashinasini boshqarayotgan 25 yoshli Xusniddin X. tungi soat 1:30 atrofida Chaxbud ko‘chasidagi gaz quvurini ushlab turgan ustunga borib urilgan.
Haydovchiga shikast yetmagan, biroq quvurning shikastlanishi gaz sizib chiqishiga va uning yonishiga olib kelgan. Yong‘in haqida “101” telefon raqamiga soat 1:41da ma’lum qilingan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 8 daqiqadan keyin yetib kelishgan. Yong‘in soat 2:30 da to‘liq bartaraf etilgan.
Taxmin qilinishicha, falokatga avtomobil tormoz tizimi nosozligi sabab bo‘lgan. Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasi (Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi) bo‘yicha ma’muriy qoidabuzarlik haqidagi bayonnoma tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi