
Joriy 2019 yil boshida viloyatda QQS to‘lovchilar soni 381 tani tashkil etar edi. Joriy yil 1 oktyabrdan boshlab esa yana 3 539 ta sub’ekt QQS to‘lashga o‘tdi.
Jumladan, 79 ta AYoQSh, 405 nafar importyor korxona, 3 055 ta fermer xo‘jaliklari qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tdi.
Viloyat davlat soliq idoralarining 350 yaqin xodimlari 1 oktyabrdan boshlab QQS to‘loviga o‘tgan sub’ektlarga buxgalteriya hisobini yuritishda yaqinlandan yordam bermoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 26 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbilari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, joriy yilning 1 oktyabridan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi (QQS) amaldagi 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi.
Buxoro viloyati
DSB Axborot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! DSB Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar