13:25 / 10.10.2019
5 061

Farg‘ona viloyatida bomba topildi

Farg‘ona viloyatida bomba topildi
Foto: «postda.uz»
Farg‘ona viloyatining Quva tumanida kutilmagan holat kuzatildi. Joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 16:00larda «Turk» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Abduqodir» bog‘dorchilik fermer xo‘jaligining gilos bog‘idan shartli belgilarsiz, uzunligi 94 sm., og‘irligi 150 kg. bo‘lgan aviatsiya bombasi topildi. Bu haqda «Postda» nashri xabar bermoqda.

«Xayriyatki, hech kimga zarar yetmadi. Ayni paytda yo‘q qilish maqsadida harbiy qismga topshirilgan bombaning bog‘da qanday paydo bo‘lib qolgani, qanchalik xavfliligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona viloyatida bomba topildi