Foto: TripAdvicor
O‘zbekistonda yetakchi xorijiy hostel tarmoqlarini barpo etish uchun bir qator yuqori sifatli hostellarni tashkil etish rejalashtirilgan. «Togri.uz»ning xabar berishicha, bu haqda qonun muhokamalari portalida e’lon qilingan O‘zbekistonning kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Xususan, O‘zbekistonda Nice, A&O Hotels and Hostels, Stayokay, The Youth Hotel Network of Catalonia, The Equity Point Group kabi hostel tarmoqlari ochilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, Hostellar milliy assotsiatsiyasi, shuningdek, yotoqxonalar uchun ekskursiya xizmatlarining yagona elektron tizimi yaratiladi, bu esa sifatli turar joy xizmatlarini olishga imkon beradi.
Shu bilan birga, turli mamlakatlardan kelgan sayyohlarning millatidan kelib chiqib mehmonxonalarda ovqatlanish markazlari tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan. Bu esa turar joy va oziq-ovqat xizmatlari 3,2 martaga o‘sishiga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi