21:37 / 16.10.2019
3 226

Jamg‘armasini dollarda saqlaganlar 3 oyda qariyb 2 marta ko‘paytirib olishdi

Jamg‘armasini dollarda saqlaganlar 3 oyda qariyb 2 marta ko‘paytirib olishdi
O‘zbekistonda 2019 yilning iyul—avgust oylarida ichki va tashqi omillar ta’sirida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning o‘sishi kuzatildi va natijada milliy valyuta devalvatsiyasi tezlashdi, deb xabar berdi Markaziy bank.

Xususan, 2019 yil yanvar—iyul oylarida AQSh dollarining almashinuv kursi 4 foizga (1 dollarga 8 336 so‘mdan 8 667 so‘mgacha) oshgan va o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, avgust oyida valyuta kursining keskin o‘sishi (8,2 foiz) kuzatildi. Biroq, sentyabr oyiga kelib, dollarning almashinuv kursi o‘zining avvalgi tendensiyasiga qaytdi va oylik o‘sish sur’ati 0,5 foizgacha pasaydi.

Foto: Markaziy bank
Milliy valyuta devalvatsiyasi aholining jamg‘arish kayfiyatiga va faolligiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan oylik so‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2019 yilning iyun—sentyabr oylarida omonatlarini xorijiy valyutada (shu jumladan, AQSh dollarida) saqlashni afzal ko‘ruvchi so‘rov ishtirokchilari ulushi ko‘paygan.

Bunda jamg‘armalarini naqd AQSh dollarida saqlashni afzal ko‘ruvchi respondentlar ulushi may oyidagi 19 foizdan avgust oyida 33 foizgacha, xorijiy valyutadagi omonatlarda saqlashni afzal ko‘ruvchilar ulushi esa may oyidagi 17 foizdan sentyabrda 24 foizgacha oshgan.

Shu bilan birga, sentyabr oyida valyuta kursi barqarorlashganidan so‘ng jamg‘armalarini naqd AQSh dollarida saqlashni afzal ko‘ruvchilar ulushi 33 foizdan 29 foizgacha pasaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jamg‘armasini dollarda saqlaganlar 3 oyda qariyb 2 marta ko‘paytirib olishdi