O‘zbekistonda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida aytilgan.
Qayd etilishicha, oliy ta’lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, xotin-qizlarning oliy ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish, ta’lim olishda gender tengligi tamoyillari ustuvorligini ta’minlash, mahallalar, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muntazam ravishda xotin-qizlarni oliy ta’limga keng jalb qilishga yo‘naltirilgan keng targ‘ibot ishlarini olib borish mo‘ljallanmoqda.
Bundan tashqari, ta’limning uzluksizligiga erishish maqsadida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dasturlarining uyg‘unligi va izchilligini ta’minlash, oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga o‘tkazish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi