Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimining «Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko‘chalarga nom berish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Undan ma’lum bo‘lishicha, poytaxt hokimligi 15 oktyabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga Tashkent City hududidagi oltita yangi, nomsiz ko‘chalarga nom berish bo‘yicha taklif kiritgan. Hokimlik taklifiga ko‘ra, ko‘chalarga quyidagicha nom berish ko‘zda tutilgan:
1-nomsiz yangi ko‘cha — Yangi Toshkent ko‘chasi;
2-nomsiz yangi ko‘cha — Yangi Toshkent tor ko‘chasi;
3-nomsiz yangi ko‘cha — O‘qchi ko‘chasi;
4-nomsiz yangi ko‘cha — Zargar ko‘chasi;
5-nomsiz yangi ko‘cha — Xadra ko‘chasi;
6-nomsiz yangi ko‘cha — Xadra tor ko‘chasi.
Portalda e’lon qilingan hokimi qarori loyihasi bo‘yicha muhokama 2 noyabrga qadar davom etadi. Ushbu qaror matni shu ko‘rinishda qabul qilinishi, o‘zgartirilishi yoki rad etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi