Jizzax viloyatida ov quroli qo‘llangan holda odam hayotiga suiqasd qilish jinoyati sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2019 yil 20 oktyabr kuni soat 00:00larda Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Toqchilik mahallasida fuqaro Z.I. (1979 y.t.) fuqaro Yo.B. (1999 y.t.) va uning qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashib, MS-2112 rusumli ov quroli bilan ularga qarata 6 marotaba o‘q uzib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 21 oktyabr kuni Sh.Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Z.I.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Z.I. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi